Marokashda zilzila oqibatida 300 ga yaqin odam halok bo‘ldi (video)
Olam
−
09 Sentabr 2023
7504Marokashda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lishi oqibatida 296 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Marokash Geofizika markazi Atlas tog‘lari hududida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini aytmoqda. AQSH Geologiya xizmati esa zilzila kuchini 6,8 magnitudaga baholadi va u nisbatan sayoz 18,5 km chuqurlikda sodir bo‘lganini aytdi.
Zilzila sodir bo‘lgan tog‘li hudud Marrakesh shahridan 70 km janubi-g‘arbda joylashgan. Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan keyin boshlangan. U sohil bo‘yidagi Rabot, Kasablanka va Es-Suveyra shaharlarida ham sezildi.
"Reuters" agentligining Marrakesh aholisiga tayanib xabar berishicha, UNESCO’ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan eski shaharda bir nechta bino qulab tushgan. Mahalliy televideniye esa masjidning qulagan minorasi tasvirini ko‘rsatgan.
Hodisa haqidagi rasmiy ma’lumotlar bir necha soatdan keyin paydo bo‘ldi. Keyinroq Ichki ishlar vazirligi kamida 296 kishi halok bo‘lgani va 153 kishi yaralanganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi