Mirziyoyev Marokash Podshohiga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VI ga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Marokash hududida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VI ga ta’ziya yo‘llagan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ham hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, Avvalroq Marokashda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lishi oqibatida kamida 1037 kishi halok bo‘lgani, 672 dan ortiq kishi esa jarohatlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing