Tarixda ilk bor ayol kishi Marokash Bosh vaziri bo‘ldi
Olam
−
09:44 429 1 daqiqa
Kecha, 29 sentyabr kuni Marokash podshohi Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni Marokash Bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariqa u mamlakat tarixidagi birinchi ayol Bosh vazirga aylandi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shaharsozlik vaziri va Marrakesh shahri meri lavozimini egallab kelayotgan 50 yoshli al-Mansuriyga yangi hukumatni shakllantirish topshirilgan. U arab dunyosida bunday lavozimni egallagan ikkinchi ayol bo‘lgan. Siyosatchining o‘zi o‘z murojaatida sodir bo‘lgan voqeani tarixiy deb atagan.
“Mamlakatimiz tarixida ilk bor ayol kishi hukumatga rahbarlik qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olmoqda. Bu nafaqat men uchun, balki barcha marokashlik ayollar uchun faxrlanishga sababdir”, deydi u.
Tayinlov o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalari e’lon qilinganidan to‘rt kun o‘tib yuz bergan – “Haqqoniylik va modernizatsiya” partiyasi Vakillar palatisidagi 395 ta o‘rindan 97 tasini qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning sobiq ichki ishlar vaziri Sanae Takaichi hukmron Liberal-demokratik partiya rahbarligiga saylovda g‘alaba qozonib, mamlakatning ilk ayol bosh vaziriga aylangan edi.
Live
Barchasi