Kubok mojarosi: Marokaş CAS qarori ustidan şikoyat qiladi
Sport
−
705 2 daqiqa
Marokaş Qirollik futbol federatsiyasi Sport arbitraj sudining (CAS) 2025 yilgi Afrika kubogi ğolibi haqidagi qarori ustidan şikoyat qiliş uçun barça mavjud huquqiy vositalardan foydalaniş niyatida. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, CAS Senegal futbol federatsiyasining apellyatsiyasini qanoatlantirib, Marokaşni Afrika kubogidagi çempionlikdan mahrum qilgani va ğoliblikni Senegalga bergandi.
“Marokaş Qirollik futbol federatsiyasi arbitraj jarayonining yaxlitligi va işonçliligiga putur yetkazişi mumkin bölgan harakatlarga qarşi zarur huquqiy çoralar köriş haqidagi iltimosining qanoatlantirilmaganidan hayratda va norozilik bildiradi. Şuningdek, federatsiya qarorda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengaşi (IFAB) va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan hakamning ruxsatisiz maydonni tark etgan futbolçilarga nisbatan qöllanilgan yondaşuv, şuningdek, intizomiy majburiyatlar va jarimalar hisobga olinmaganini ta’kidlaydi.
Şu sababli Marokaş Qirollik futbol federatsiyasi CAS qarori ustidan şikoyat qiliş uçun barça mavjud huquqiy vositalardan foydalaniş niyatini tasdiqlaydi”, deyiladi federatsiya bayonotida.
Final uçraşuvi joriy yilning 18 yanvar kuni bölib ötgan edi. Unda Senegal qöşimça bölimlarda 1:0 hisobida ğalaba qozongan. Biroq senegallik futbolçilar hakam qaroriga norozilik bildirib, maydonni 10 daqiqadan ortiq vaqtga tark sababli oradan ikki oy ötib, uçraşuv natijasi bekor qilingan va çempionlik Marokaşga berilgandi.
Live
Barçasi