Senegal qirğoqlarida muhojirlar qayiği çökib ketdi. Önlab qurbonlar bor

Olam

−

image

Senegal qirğoqlarida muhojirlarni olib ketayotgan qayiq çökib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 21 kişi halok bölib, bir kişi tirik qoldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Mamlakat Içki işlar vazirligining X ijtimoiy tarmoğida yozişiça, joriy yilning 7 noyabr kuni keçqurun bir kişi tirik holda topilgan. Hozirda qutqaruv guruhlari boşqa tirik qolganlarni izlaş işlarini davom ettirmoqda. Qayiqda jami qança odam bölgani hozirça aniqlanmagan.

Hodisa Senegal poytaxti Dakardan şimolda joylaşgan Kebemer şahri qirğoqlarida yuz bergan. Mamlakat Içki işlar vaziri bugun, 9 noyabr kuni voqea joyiga borişi rejalaştirilgan.

Senegal Prezidenti Bassiru Diomay Fay qurbonlarning yaqinlari va tirik qolganlarga hamdardlik bildirgan. U muhojirlarni Yevropaga noqonuniy olib ötişni taşkil etayotganlarga qarşi kuraş davom ettirilişini aytgan.

Ğarbiy Afrikadan Ispaniyaning Kanar orollariga olib boruvçi Atlantika migratsiya yöli dunyodagi eng xavfli yönalişlardan biri hisoblanadi. Ispaniyaning Walking Borders taşkiloti ma’lumotlariga köra, 2026 yilning dastlabki beş oyida uşbu yönalişda kamida 635 kişi halok bölgan. Kanar orollariga yetib borgan har 100 nafar muhojirga qariyb 21 nafar halok bölgan yoki bedarak yöqolgan kişi töğri kelgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jibuti qirğoqlari yaqinida 305 nafar muhojirni olib ketayotgan qayiq çökib ketişi oqibatida kamida 139 kişi, jumladan, 15 nafar bola halok bölgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing