Belgiya Boş vaziri iste’foga çiqişga ariza berdi
Olam
−
20:18 613 2 daqiqa
Belgiya Boş vaziri Bart De Vever qirollikning 2027 yilgi byudjeti böyiça koalitsiya muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uçragani sababli qirol Filippga iste’foga çiqiş haqida ariza berdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Qayd etilişiça, qirol iste’fo böyiça qaror qabul qilişni keçiktirgan va Vazirlar Mahkamasini byudjet muzokaralarida murosaga kelişga çaqirgan. Monarx ertaga, 3 noyabr kuni koalitsiya partiyalari yetakçilari bilan uçraşadi, şundan söng 6 noyabr kuni De Vever bilan yana bir uçraşuv ötkazadi.
“Euronews” ma’lumotlariga köra, uçraşuv taxminan bir yarim soat davom etgan, De Vever esa matbuot bilan muloqot qilmasdan saroyni tark etgan. Agar qirol Boş vazirning iste’fosini qabul qilsa, yangi saylovlar belgilanadi.
Ma’lumot uçun, Belgiya hukumati 2029 yilgaça byudjetda taxminan 10 milliard yevroni tejaş majburiyatini öz zimmasiga olganidan beri boşi berk köçaga kirib qolgan. Belgiya Markaziy banki prognoziga köra, mamlakat byudjeti defitsiti 2028 yilda 5,7 foizgaça ortadi, ötgan yili u 5,2 foizni taşkil etgan.
Şu bilan birga, Belgiyaning davlat qarzi 735 milliard yevrodan oşadi, bu esa YeI qoidalari bilan belgilangan 60 foizlik çegara talabida mamlakat YAIMning 110 foizidan köproğini taşkil etadi.
Liberal “Reformatorlik harakati” partiyasi soliqlarni oşirişga, jumladan, qöşilgan qiymat soliği tizimi reformasiga qarşi çiqmoqda. Öz navbatida, söl-markazçi guruhlar soğliqni saqlaş va pensiyalar kabi sohalarni moliyalaştirişni qisqartirişga qarşi çiqmoqda.
Hukumat kuni keça, 1 noyabr kuni byudjet böyiça yiğiliş ötkazgan. U 1 noyabr kuni soat 21:00 da boşlangan va bugun, 2 noyabrga ötar keçasi soat 01:00 da yakunlangan. Yiğiliş davomida De Vever koalitsiya böyiça şeriklari bilan 2029 yilgaça 10 milliard yevrolik byudjet çoralarini kelişa olmagan.
Live
Barchasi