Marg‘ilonda qidiruvda bo‘lgan 6 kishi qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati IIB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Marg‘ilon shahrida kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, probatsiya hisobida turib, jazo muddatini o‘tamagani sababli sud tomonidan qidiruv e’lon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Qayd etilishicha, quyidagi shaxslar ushlangan:

Abdullayev Shahobiddin Shavkatjon o‘g‘li, 1995 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, JKning 104-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 3-qismi, 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan. 

Madaminov Muhammadbobur Doniyorjon o‘g‘li, 1996 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 276-moddasi 1-qismi bilan sudlangan. 

Mirzayev Mirzoxid Komilovich, 1988 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 273-moddasi 3-qismi, 122-moddasi 1-qismi bilan sudlangan. 

Olimov Abdumajid Xasanboy o‘g‘li, 1998 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 276-moddasi 1-qismi bilan sudlangan.

Yuldashev Azizbek Maxmudovich, 1989 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 168-moddasi 3-qismining "b" bandi sudlangan.

Umurzakov Javlonbek Xaydarali o‘g‘li, 1997 yilda tug‘ilgan, muqaddam JKning 169-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 2-qismi sudlanganlar ushlanib, tergov hibsxonasiga yuborildi.

Shuningdek, yana ikki kishini qidirib topish yuzasidan tezkor tadbirlar davom ettirilayotgani bildirilgan. Bular:

Egamberdiyev Muhammadsobirjon Shokirjon o‘g‘li 1996 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 186-moddasi bilan sudlangan. 

Madaminov Inomjon Ismailjonovich 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam JKning 109-moddasi, 168-moddasi 1-qismi, 97-moddasi 1-qismi, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlangan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Toshkentda sakkiz kishi qo‘lga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

DXX IIB Marg'ilon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing