Maradonaning o‘limi yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi

Sport

image

Argentinada futbol afsonasi Diyego Armando Maradonaning o‘limi yuzasidan tergov ishlari boshlandi. Maradonaning salomatligini nazorat qilgan tibbiyot xodimlari loqaydlikka yo‘l qo‘yganlikda gumon qilinmoqda va tergovchilar holatga aniqlik kiritishni rejalashtirgan.

Hukumat Maradona vafot etgan kuni uni ertalab uyg‘otmagan hamshiraning harakatidan shubhalanmoqda. Hamshira erta tongda Maradonaga dori berishi kerak bo‘lsa-da, uning xonasiga soat 11 larda psixolog va psixiatr bilan birga kirib kelgan.

Shuningdek, Diyego Maradonaning advokati Matias Morla tez yordam shifokorlarini jinoiy loqaydlikda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar chaqirilganidan 30 daqiqa o‘tib yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Diyego Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan

Argentina Prezidenti futbolchining vafoti tufayli mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilgandi.

Ma’lumot uchun, Diyego Maradona "Barselona", "Napoli", "Sevilya" safida to‘p surgan. 1977-1994 yillarda Argentina terma jamoasida o‘ynagan va 1986 yilda jahon chempioni bo‘lgan. 1990 yilda esa Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. FIFA saytidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

MARADONA

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing