Maradonaning qabri ochilishi mumkin

Sport

image

Futbol afsonasi Diyego Maradonaning o‘limidan bir necha kun o‘tib, futbolchining noqonuniy o‘g‘li ekanligini aytayotgan Santyago Lara ismli yigit paydo bo‘ldi. 

19 yoshli yigit DNK testi orqali holatga aniqlik kiritishni xohlamoqda. Uning advokati tekshirish uchun Maradonaning jasadini eksgumatsiya qilish (murdani ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda uni dafn etilgan joyidan qazib olish) talabini qo‘ygan. 

Lara 2014 yilda taniqli futbolchiga aloqador ekanini bilib qolgan. Uning onasi 2006 yilda 23 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan. So‘ng onasining sevgilisi Marselo Lara uni asrab olgan.

"Men kimligimni bilmoqchiman. Masalaning moliyaviy tomoni meni bezovta qilmaydi. Mening iltimosimga Argentinada qanday munosabatda bo‘lishlarini bilaman, lekin uning DNKsini boshqa qayerdan olishim mumkin?" degan Lara. 

Ma’lumot uchun, Maradonaning to‘rtta ayoldan beshta tan olingan farzandi bor.

Avvalroq, Maradonaning o‘limi yuzasidan ochilgan ish bo‘yicha uning shaxsiy shifokori, 39 yoshli Leopoldo Lukega ayblov e’lon qilingani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Diyego Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

MARADONA

Baholaganlar

1949

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing