Maradonaning o‘limi munosabati bilan Argentinada uch kunlik motam e’lon qilindi

Sport

image

Afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning o‘limi munosabati bilan Argentinada uch kunlik motam e’lon qilindi. Buni mamlakat Prezidenti Alberto Fernandes ma’lum qilgan.

Shuningdek, Prezident o‘zining Twitter sahifasida futbolchining o‘limiga munosabat bildirgan. 

"Siz bizni dunyoning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘targansiz. Bizni nihoyatda xursand qilgansiz. Siz hammadan buyuk edingiz. Rahmat, Diyego. Biz sizni butun umr sog‘inamiz", deb yozgan u.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 25 noyabr kuni yurak xuruji oqibatida 60 yoshida vafot etdi.

Avvalroq, Maradonaning o‘limi oldidan aytgan so‘nggi so‘zlari haqida ma’lumot bergandik.

Ma’lumot uchun, Diyego Maradona "Barselona", "Napoli", "Sevilya" safida to‘p surgan. 1977-1994 yillarda Argentina terma jamoasida o‘ynagan va 1986 yilda jahon chempioni bo‘lgan. 1990 yilda esa Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. FIFA saytidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

MARADONA

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing