Maradonadan qolgan meros uchun janjal boshlandi
Sport
−
10 dekabr 2020
19220Marhum futbolchi Diyego Maradonaning qarindoshlari undan qolgan meros uchun janjal boshladi.
Manbaga ko‘ra, meros 40 million yevroni tashkil qiladi. Bundan tashqari, Maradonadan hashamatli ko‘chmas mulk va avtomashinalar parki qolgan.
"Maradonaning pullari uchun urush shunchaki raqobat bo‘lmaydi, bu haqiqiy jahon chempionati bo‘ladi", deyilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, sportchining pullari uchun kamida 16 kishi murojaat qilmoqda.
Shunisi e’tiborga loyiqki, Maradonaning tan olingan besh nafar farzandi bor. Ushbu maqom uchun yana yetti kishi talabgor bo‘lmoqda.
Avvalroq, Maradonaning o‘limidan bir necha kun o‘tib, futbolchining noqonuniy o‘g‘li ekanligini aytayotgan Santyago Lara ismli yigit paydo bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Diyego Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi