Maradona so‘nggi yillarida yaqinlariga qancha mablag‘ sarflagani ochiqlandi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Hayotining so‘nggi yillarida futbolchi Diyego Maradona yaqinlari uchun 4,6 million dollar sarflagan. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" ma’lum qilgan.  

Ta’kidlanishicha, Maradona yaqinlariga sartaroshlik xizmatlari, tibbiy xizmatlar, sug‘urta xizmatlari, oziq-ovqat, kvartiralar va avtoulovlar uchun pul to‘lagan. 

Shuningdek, futbolchi yaqinlarining mobil aloqa xarajatlarini ham qoplagan. 

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Argentinada Diyego Armando Maradonaning muxlislari va oila a’zolari afsonaviy futbolchining o‘limi sabablarini surishtirishni talab qilib, miting o‘tkazgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, argentinalik futbolchi Diyego Maradona 2020 yil 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘lgan.  

Maradona futbolchi sifatida "Argentinos Xuniors", "Boka Xuniors", "Barselona", "Napoli", "Sevilya" va "Nyuells Old Boyz" jamoalarida o‘ynagan. 

Argentina terma jamoasi tarkibida u 91 ta uchrashuvda qatnashgan va ularda 34 ta gol urgan. 1986 yilgi Jahon chempionati yakunida Maradona turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olingan. Keyingi Jahon chempionatida forvard musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Maradona

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing