Ronaldu Maradona mukofoti bilan taqdirlanadi

Sport

image

“Al-Nasr”ning 38 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z kolleksiyasini yana bir sovrin bilan to‘ldiradigan bo‘ldi. Futbolchi yilning eng yaxshi to‘purari uchun beriladigan Maradona mukofoti bilan taqdirlanadi. Mukofot 19 yanvar kuni Dubai Globe Soccer Awards 2023 marosimida topshiriladi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Besh karra “Oltin-to‘p” sohibi 2023 yilda “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi safida 54 ta gol urdi. To‘purarlar poygasida portugaliyalik forvard PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (52 gol) va “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn (52), shuningdek, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland (50) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Dekabr oyida Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro ligasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Dekabrda u 5 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida 18 uchrashuvda 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya Maradona Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing