Maradonaning “Oltin to‘p”i auksionga qo‘yildi

Sport

image

“Napoli” va “Barselona”ning argentinalik afsonaviy sobiq hujumchisi Diyego Maradonaning 1986 yilda qo‘lga kiritgan “Oltin to‘p”i kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, balandligi 28 sm, diametri 15,86 sm bo‘lgan sovrin yana bir necha parametlar bilan kimoshdi platformasiga joylashtirilgan. Savdo ishtirokchilaridan joriy yilning 6 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan auksionda ishtirok etish uchun 150 ming yevro miqdorida depozit qo‘yish so‘raladi.

Ma’lumot uchun, Maradona professional futbolchilik faoliyatini 1976 yilda Argentinaning “Argentinos Xuniors” klubi tarkibida boshlagan. 1982 yilda hujumchi “Barselona”ga o‘tdi. 1984 yilda esa u Italiyaning “Napoli” klubi futbolchisiga aylandi, Neapol klubi bilan Diyego ikki marta milliy chempionat, Italiya kubogi, UEFA kubogi va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqdi.

1986 yilda Diyego Maradona Argentina terma jamoasiga Jahon chempionatida g‘alaba qozonishda yordam berdi. Hujumchi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Afsonaviy argentinalik hujumchi 2020 yilning kuzida 60 yoshida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Napoli Maradona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made