Men tarixdagi eng zo‘r futbolchiman – Ronaldu
Sport
−
04 fevral 8334 2 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega o‘zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini tushuntirdi. Bu haqda u “La Sexta” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Muxlislarga Messi, Pele yoki Maradona kabi futbolchilar yoqishi mumkin va men buni hurmat qilaman. Lekin men ulardan ko‘ra mukammalroq futbolchiman. Men futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchiman. Bu borada o‘zimdan-da yaxshisini ko‘rmadim. Bosh bilan zarba yo‘llay olish, jarima zarbalarini golga aylantira olish qobiliyatiga egaman. Tezkor va jismonan kuchliman hamda baland sakray olaman”, deydi Ronaldu.
Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu 5 karra Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchgan. Bundan tashqari, u 5 marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan. Portugaliya terma jamoasi bilan esa 2016 yilda Yevropa chempioni va 2019 yilda UEFA Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.
5 fevral kuni 40 yoshni qarshi oladigan futbolchi ayni damga kelib, faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida davom ettirmoqda. Kecha, 3 fevral kuni Ronaldu OCHL Elit ligasi doirasida “Al-Nasr” va “Al-Vasl” o‘rtasidagi bahsda dubl qayd etdi. Uchrashuv 4:0 hisobida saudiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Shuningdek, Ronaldu ushbu ikkita goli bilan hisoblaganda umumiy faoliyatidagi 923-golini urdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Lionel Messi o‘zi ko‘rgan futbolchilar orasida eng yaxshisi kim ekanligini aytgandi.
Live
Barchasi