Manija terakt haqidagi postidan keyin terrorizmni oqlashda ayblanishi mumkin
Olam
−
01 aprel
17600Rossiyalik xonanda Manija Sangin Moskva yaqinidagi terakt haqidagi postidan so‘ng terrorizmni oqlashda ayblanishi mumkin. Bu haqda "Gazeta.ru" xabar berdi Milliy va tarixiy merosni muhofaza qilish jamg‘armasi hammuassisi Aleksandr Karabanov asli tojikistonlik qo‘shiqchining ustidan Tergov qo‘mitasiga shikoyat qilgan. U qo‘mitani Manijaning ijtimoiy tarmoqlarda joylangan "terakt tufayli nafaqat tojikistonliklar, balki butun Markaziy Osiyo aholisi jabr ko‘rayotgani" haqidagi postini tekshirishga chaqirmoqda.
Keyinroq Manija terrorchilarni oqlashga urinmaganligini, balki jinoyatchilar qonun oldida javob berishi kerakligini aytgan. Xonanda videomurojaati orqali teraktdan so‘ng nafaqat begunoh tojikistonliklar, balki Markaziy Osiyo davlatlari aholisiga nisbatan milliy adovat qo‘zg‘alishidan qo‘rqishini ifodalamoqchiligini qo‘shimcha qilgan.
Shunga qaramay, Tergov qo‘mitasi xonanda Manija Sanginni terrorizmni oqlash moddasi bo‘yicha tekshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Manija Moskvadagi terakt haqida gapirib, "kaltak markaziy osiyoliklar boshida sinayotgani"ga ishora qilgandi
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr