“Man Siti” himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
27 fevral 2025 5680 1 daqiqa
Avvalroq, “Manchester Siti” himoyachisi Jon Stounz jarohat olgani xabar qilingandi. 30 yoshli himoyachi 8-10 haftaga safdan chiqdi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinida jarohat olgan Stounz aprel oyi oxirga kelibgina mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin.
Stounzdan tashqari “Siti”ning shveysariyalik himoyachisi Manuel Akanji ham jarohat olib safdan chiqqandi. Shuning uchun ham Gvardiola “Siti”ning o‘yinlarida Abduqodir Husanov va Ruben Diashni markaziy himoya chizig‘ida maydonga tushirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanovning “Tottenxem”ga qarshi o‘yini necha ballga loyiq ko‘rilgani xabar qilingandi.