Maktabni to‘liq tamomlamagan besh mingdan ortiq fuqaroning ta’lim olishi ta’minlandi
Jamiyat
−
23 iyun
4530O‘zbekistonda turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 5300 nafar fuqaroning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish tizimi yaratilgan.
Jumladan, 2024 yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun 8038 nafar fuqaro murojaat etgan.
Keltirilishicha, eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan 611 nafar fuqaroga 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma hamda 4689 nafar fuqaroga 11-sinf hajmida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar oyligini oshirishni aytgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi