Makron Fransiyaga qaytib ketdi

Jamiyat

image

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. U bugun, 2 noyabr kuni Samarqanddan Fransiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatda bo‘lgan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning Samarqand shahriga ikki kunlik tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Xususan, kecha, 1 noyabr kuni davlat rahbarlari Registon maydonida samimiy muloqot qilib, tungi Samarqand bo‘ylab sayr qildi hamda “Boqiy shahar” majmuasini borib ko‘rdi.

Bugun, 2 noyabr kuni tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajali muloqotlar bo‘lib o‘tdi, ular yakunida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga kelishib oldi. Qo‘shma bayonot qabul qilinib, qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi

Davlat rahbarlari Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumi ochilishida ishtirok etishdi

Kunning ikkinchi yarmida Prezidentlar Samarqanddagi Kongress markazida birgalikda daraxt ekdi, O‘zbekistonning madaniy merosi ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Shuningdek, Fransuz alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Fransiya delegatsiyasi katta qiziqish bilan Samarqandning tarixiy-me’moriy durdonalari bilan tanishdi

Tashrif tadbirlari yakunlangach, aeroportda Prezident Emmanuel Makronni O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing