Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Buxoro shahriga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 5 may kuni Buxoro shahar hokimligida navbatdan tashqari sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimi Botir Zaripov hamda viloyat faollari ishtirok etgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kengash yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. 2020 yildan shu paytga qadar Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Jamol Shuhratovich Nosirov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Jamol Nosirov 1985 yil 12 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005 yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008 yili esa universitetning magistraturasini tugatgan.

Bir muddat “Kamolot” YOIH Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimida ham mehnat qilgan.

Shundan so‘ng, 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan edi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi bo‘lgan.

2017 yildan 2020 yilga qadar Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Jamol Nosirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingandi.

Uning o‘rniga Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Bahodir Axmedov tayinlandi.

Shuningdek, avvalroq Botirjon Shahriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro hokim

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing