Mahalla raislarini bo‘ralatib so‘kkan hokim uzr so‘radi. U lavozimida qoladimi?

Jamiyat

image
Navoiy yotgan zamin. Afg‘onistondagi urush qachon va nima sabab boshlangandi? (2-qism) north_east

Navoiy yotgan zamin. Afg‘onistondagi urush qachon va nima sabab boshlangandi? (2-qism)

Mart oyining ilk kunlarida ijtimoiy tarmoqlar Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning haqoratlari yozilgan audiodan “portladi”. Audioyozuvda hokim yig‘ilish ishtirokchilarini pul tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani eshitiladi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tarqalgan audioga munosabat bildirib, undagi ovoz haqiqatda Baxtiyor Rajabovga tegishli ekani o‘rganilishini ma’lum qildi. Bu orada hokimning o‘zi barchasini tan oldi. Faqatgina audiodagi urgan ovoz montaj ekanini iddao qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘zLiDep fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherboyev esa holatga quyidagicha munosabat bildirdi:

“Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi kim bo‘lishidan qat’iy nazar rahbarlikka nomunosib, uquvsiz, bilimsiz, tuban inson ekanligini namoyon etibdi. Bu inson o‘zining bugungi O‘zbekiston kelajagini qurib bo‘lmaydigan  va Prezident obro‘sini to‘kadigan kaltafahm, pastkash shaxs ekanligini namoyon qildi.

O‘rtoq ushbu “inson” ga aytar gapimiz: tinchgina o‘rinni bo‘shatib, hech kim eshitmaydigan dala-dashtda istagana baqirib yuraverishi.  Agar o‘simlik va dov-daraxtlar gapini eshitsa shunda ham. Xullas boreyeye... Sizdaqalarga Vatanni qolgan kuni qurisin...”

Qilar ishni qilib qo‘ygan hokimbuva esa kecha, 3 mart kuni bo‘lib o‘tgan noqulay holat va qo‘polliklar uchun mahalla raislaridan uzr so‘rab, o‘sha paytdagi og‘ir ruhiy holatiga izoh bergan.

Bugun, 4 mart kuni Baxtiyor Rajabov masalasi bo‘yicha Xalq deputatlari Mirishkor tuman kengashining O‘zbekiston liberal-demokrati partiyasidan saylangan deputatlari yig‘ilish o‘tkazdi. Deputatlar o‘z partiyasidan hokimlikka saylangan Baxtiyor Rajabovni egallab turgan lavozimiga mutlaqo noloyiq, deb xulosa berdi. SHUningdek, bu masala tuman Xalq deputatlari kengashi sessiyasida ko‘rish uchun kiritilishi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Rajabov Mirishkor

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing