Namanganda cho‘milishga borgan ikki bola cho‘kib ketdi
Jamiyat
−
28 iyul 6054 1 daqiqa
Joriy yilning 23 iyul kuni Namangan tumanining “Mirishkor” MFYda ikki nafar maktab o‘quvchisi Shimoliy Farg‘ona kanaliga cho‘milishga tushib, cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda “Mirishkor” MFYda yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro – o‘g‘il bolani qidirish ishlari olib borilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, cho‘kib ketgan bolalarning biri 25 iyul kuni topilgan.
“Hozirgi kunda Namangan, Chust va Pop tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limlari yong‘in qutqaruvchilar tomonidan suvusti va boshqarma yong‘in qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan suvosti qidiruv ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a va Beruniy tumanlari orasida joylashgan Aqchako‘l ko‘lida 1 oilaning 3 nafar a’zosi cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi