Mirishkor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Fayzullo Qurbonovich G‘ulomov Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 3 avgust kuni xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tib, unda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilgan.

Sessiyada deputatlar Fayzulla G‘ulomovni Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan. Sessiyada viloyat hokimi Murodjon Azimov ishtirok etgan.

U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Fayzulla G‘ulomov 1974 yilda Mirishkor tumanida tug‘ilgan. U Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Ma’lumot uchun, Mirishkor tumanining oldingi hokimi Sherali Sanayev 2023 yilning 11 iyulida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tumandagi investitsiya muhiti qoniqarsizligi sabab ishdan olingan edi. U 2020 yil oktyabridan buyon Mirishkor tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirishkor Fayzulla G'ulomov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing