Qashqadaryodagi ko‘ldan 57 yoshli erkakning jasadi topildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi “Sechanko‘l” sun’iy suv havzasidan 57 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimining matbuot kotibi Ahror Sodiqov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani “Yuqori Obron” MFYda yashovchi 57 yoshli fuqaro T.Z. tanishi S.O. bilan birga Mirishkor tumani Pomuq qishlog‘ida joylashgan “Sechanko‘l” sun’iy suv havzasiga baliq ovlash uchun borgan. T.Z. ov jarayonida o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida suvga yiqilib, cho‘kib ketgan. 

Mazkur hududda qidiruv ishlarini olib borgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor xodimlari voqeadan 5 kun o‘tib, 10 oktyabrda T.Z.ning jasadini topib, suvdan olib chiqqan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Shuningdek, marhumning jasadi tashqi tomondan ko‘zdan kechirilib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyul kuni ham aynan o‘sha – Mirishkor tumanidagi “Sechanko‘l” sun’iy suv havzasida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori J.E. cho‘kib ketib, halok bo‘lgan edi. Uning jasadi hududda olib borilgan 6 kunlik qidiruvlardan so‘ng topilib, 5 avgust kuni suvdan olib chiqilgandi


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv jasad Qashqadaryo Mirishkor Favqulodda vaziyat Sechanko'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing