Lukashenkoning operatsiya qilingani aytilmoqda

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko operatsiya qilindi. Bu haqda siyosatshunos Dmitriy Bolkunets o‘z Telegram sahifasida ma’lum qilindi, biroq bu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q.

“Aleksandr Lukashenkoda prostata bezi bilan bog‘liq muammolar bor edi”, deydi siyosatshunos.

Uning ta’kidlashicha, Lukashenkoda yurak xastaligi ham bo‘lgan. Ayni paytda uning ahvoli qandayligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Aytish joiz, Aleksandr Lukashenkoni operatsiya qilinganini aytayotgan Dmitriy Bolkunets 2021 yilda davlat rahabarini haqorat qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va hozirda u Belarus davlatida emas.

Ayrim OAVlar kecha, 14 may kuni Belarus bayrog‘i, gerbi va madhiyasi kunini nishonlash marosimiga kelmaganiga Aleksandr Lukashenkoning operatsiya qilingani sabab bo‘lishi mumkinligi haqida yozmoqda.

Avvalroq, Lukashenkoning kasalligi haqida Davlat Dumasi deputati Konstantin Zatulin ham xabar bergan. Biroq uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar g‘ayritabiiy narsa emasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 may kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Moskvadagi G‘alaba paradidan ko‘p o‘tmay, Minskga qaytgan edi. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli Moskvani muddatidan avval tark etgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan edi. Shuningdek, o‘sha kuni parad paytida Lukashenkoning qo‘lida bandaj ko‘rinib qolgani OAV vakillari e’tiborini tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Aleksandr Lukashenko operatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing