Lukashenkoning sog‘lig‘ida muammolar borligi aytilmoqda 

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Moskvadagi G‘alaba paradidan ko‘p o‘tmay, Minskga qaytdi. U sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli Moskvani muddatidan avval tark etgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Meduza” nashri xabar berdi.

Belaruslik jurnalistlar Lukashenko taklif etilgan davlat rahbarlari orasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birga Noma’lum askar qabriga gul qo‘yishga bormagan yagona shaxs ekanligini payqagan.  Aytilishicha, Lukashenkoni u yerdan xavfsizlik xizmati elektromobilida olib ketishgan.

Qayd etilishicha, parad paytida Lukashenkoning qo‘lida bandaj ko‘rinib qolgan. Ukraina Telegram-kanallari bu kateterdan olingan bint bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Bundan tashqari, Lukashenko Moskvaga tashrif buyurgan davlat rahbarlarining norasmiy nonushtasida ham ko‘rinmagan. Rossiya ham, Belarus ham Lukashenkoning tadbirga kelmaganiga rasman izoh bermagan.

Belaruslik siyosatshunos Dmitriy Bolkunets Lukashenko sog‘lig‘i sababli ovqatga kela olmagani va Moskvani tark etganini ma’lum qilgan. Siyosatshunosga ko‘ra, Lukashenko aeroportga tez yordam mashinasida olib kelingan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing