Lukashenkodan hokimiyat talab qilgan Tixanovskaya Belarusni tark etdi
Olam
−
11 avgust 2020
12064Belarus Prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Svetlana Tixanovskaya mamlakatni tark etdi. U Litvaga yo‘l oldi. Bu haqda Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus ma’lum qildi.
“Tixanovskaya xavfsizlikda. U Litvada”, degan vazir.
Kecha kechasi Tixanovskayani Belarus Markaziy saylov komissiyasida ushlab turishgani xabar qilingandi. Ammo MSK bu ma’lumotni rad qildi. Biroz vaqt o‘tib, Tixanovskaya aloqaga chiqdi, ammo uning qayerdaligi noma’lumligicha qolayotgandi.
Bundan avvalroq esa Belarus Davlat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari Valeriy Vakulchik Tixanovskayaga suiqasd uyushtirilganini ma’lum qilgandi. Ammo hujum bartaraf qilingan.
Ma’lumot uchun, saylovda Lukashenko 84,23 foiz, uning eng yaqin ta’qibchisi Svetlana Tixanovskaya 9,9 foiz ovoz to‘pladi. Saylovda qatnashganlarning 6,02 foizi hech bir nomzodni qo‘llab-quvvatlamadi. Saylovda yavka 84,23 foizga teng bo‘ldi. 5,79 mln odam ovoz berishda qatnashdi.
Tixanovskaya esa o‘zini g‘olib deb bilishini va Lukashenko hokimiyatni tinchgina topshirishi kerakligini aytib chiqqandi.
LiveBarchasi