Lukashenko yettinchi marta qasamyod qildi
Olam
−
25 mart
3460Bugun, 25 mart kuni Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda BelTA хабар berdi.
Lukashenko mamlakat rahbari sifatida qasamyod qilgan. Unga faoliyat yuritish uchun rasmiy guvohnoma topshirilgan. Marosimga 1100 dan ortiq mehmon taklif etilgan.
Inauguratsiya boshlanishidan oldin Lukashenko mototsiklchilar korteji bilan Minskning ikkita markaziy prospekti bo‘ylab kirib kelgan.
Belarus Konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari qasamyodi Butunbelarus xalq majlisi prezidiumi a’zolari, Vakillar palatasi deputatlari va Respublika kengashi a’zolari, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari ishtirokida prezident saylangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay tantanali vaziyatda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, 1994 yildan beri Belarusning oliy davlat lavozimini egallab kelayotgan Lukashenko uchun navbatdagi muddati yettinchisi sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 fevral kuni Belarus Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, respublikaning amaldagi rahbari Lukashenko 86,82 foiz natija bilan g‘alaba qozongan. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida ishtirok etganlar umumiy saylovchilarning 85,69 foizini tashkil etgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar



