Lukashenko Si Szinpinni Belarusga taklif qildi
Olam
−
02 mart 2023
2875Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Xitoy rahbari Si Szinpinni o‘z mamlakatiga tashrif buyurishini taklif qildi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.
Ikki siyosatchining Pekindagi uchrashuvidan so‘ng Lukashenko Si Szinpinga Belarus delegatsiyasining samimiy va do‘stona qabuli uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, u Xitoy rahbarini har ikki tomon uchun qulay vaqtda Belarusga tashrif buyurishini taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko joriy yilning 28 fevral kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga borgan va kecha, 1 mart kuni Pekinda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashgandi. Lukashenkoning Xitoy rahbari bilan muzokaralari jami to‘rt soat davom etdi. Tashrifdan maqsad muhim sohalarda aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha hujjatlarni imzolashdan iborat ekani aytilgan. Uning Xitoyga tashrifi bugun, 2 mart kuni o‘z nihoyaisga yetadi.
LiveBarchasi