Tramp Putin va Si Szinpin bilan uchrashuvga tayyorligini e’lon qildi
Olam
−
17:17 1201 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etishga qarshi emas. Bu haqda u kecha, 19 oktyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda gapirdi.
“Agar Si shunday uchrashuv o‘tkazishni xohlasa, men tayyorman. Ukrainani muhokama qilish uchun emas, chunki, ochig‘ini aytganda, Rossiya Ukrainaga nisbatan o‘zini mutlaqo normal tutdi. Biz bu uchrashuvni yadro quroli va yadroviy qurolsizlanishni muhokama qilish uchun o‘tkazgan bo‘lardik”, deydi AQSH Prezidenti.
U Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qilib, u Rossiya bilan nizoni tugatishni xohlamayotganini va Ukraina xalqi nomidan muzokaralarni boshqa birov olib boradigan vaqt kelganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 oktyabr kuni “The Wall Street Journal” manbalari Putin Tramp va Siga Ukrainani muhokama qilish uchun uch tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qilganini xabar qilgandi. Putin nizoni Zelenskiyning ishtirokisiz, Moskva uchun manfaatli bo‘lgan shartlarda tugatish bo‘yicha kelishib olmoqchi. Pekin ham Tramp uchrashuvga rozi bo‘lsa, qarshilik qilmasligiga shama qilgan.
So‘nggi haftalarda esa Donald Tramp Ukrainaga bosim o‘tkazishni boshladi: u Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni to‘xtatishni, prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni va Rossiya bilan kelishishni talab qilmoqda. Tramp Rossiya dizel yonilg‘isini AQSHga yetkazib berishga ruxsat berdi va Rossiyaga qarshi “jahannam sanksiyalari”ni joriy etishdan bosh tortdi.
Live
Barchasi