Lukashenko “Prezidentni otishsa” hukumat kimga o‘tishini aytdi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko agar davlat rahbari “kutilmaganda” o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan taqdirda, hukumat kimga o‘tishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.

Avvalroq Belarus yetakchisi muhim qonun loyihasi qabul qilinishini e’lon qilgan, ammo tafsilotlarni keltirib o‘tirmagan edi.

“Aytingchi, agar bordiyu, ertaga Prezident yo‘q bo‘lsa, siz hammasi normal bo‘lishini kafolatlaysizmi? Yo‘q. Mana shunday holatlar uchun har ehtimolga qarshi yaqin kunlarda Belarusda hukumat qanday tuzilishi to‘g‘risida dekretni imzolayman. Prezidentni otib o‘ldirishsa – ertaga Xavfsizlik kengashi vakolatlarga ega bo‘ladi. Agar chegarada kimdir g‘imirlaydigan bo‘lsa, shu onning o‘zida favqulodda holatni e’lon qilish kerak, zarur bo‘lsa harbiy holat e’lon qilinsin. Shunday holatlarda Xavfsizlik kengashi qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi”, degan Belarus yetakchisi.

Shu bilan birga Belarus Prezidenti bunday variant sodir bo‘lishi ehtimoli kamligini qo‘shimcha qildi. Lukashenko bunday dekret imzolashga ancha oldin qaror qilganini ham aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Prezident o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan taqdirda mamlakat boshqaruvi Xavfsizlik kengashi zimmasiga yuklatiladi.

“Ha, rais bo‘ladi: Prezident bo‘lmasa, majburiyatlarni Bosh vazir bajaradi.

U raislik qiladi, ammo barcha qarorlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi, toki bosim bo‘lmasin. Qolgan barcha masalalarni Xavfsizlik kengashidagilar hal etadi”, degan Lukashenko.

Estalib o‘tamiz, Lukashenko va farzandlariga nisbatan suiqasd tayyorlagan guruh qo‘lga olingani xabar qilingandi. Prezident bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSH maxsus kuchlarini ayblagan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakat parlamentiga yo‘llagan an’anaviy murojaatida Lukashenkoning hayotiga uyushtirilgan suiqasdni “g‘azablantiradigan holat”, deb atagandi. Shuningdek, u ushbu voqeaga dunyoda hech kim reaksiya ko‘rsatmaganiga e’tibor qaratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

483

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing