Lukashenko “xalqaro firibgarlar”ni pandemiyani tugatishga chaqirdi 

Olam

image

Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko odamlarga agar ularga koronavirus tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, ko‘p tashvishlanmaslikni, “xalqaro firibgarlar”ga esa pandemiyaga barham berishni maslahat berdi.  

“Men sizga ancha oldin aytgandim, boshidanoq: bizning kasallik shu yerda, boshda. Siz ingrasangiz, qayergaligini bilmasdan yugursangiz — bu falokat. Yoshlarning ham xavotiriga o‘rin yo‘q”, degan Lukashenko. 

Shu bilan birga, u xalqaro tashkilotlarga murojaat qilgan. 

“Men bu xalqaro firibgarlarning barchasiga aytmoqchiman: yetarli. Bizning cho‘ntagimizda hech narsa qolmadi. Pandemiyani tugatish kerak. Yetarli, odamlarni masxara qilishdi”, degan u. 

Lukashenko dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qanday rivojlanayotgani va bu haqda turli mutaxassislar nima deyishini kuzatib borishini qo‘shimcha qilgan. 

“Amerikalik yoki g‘arblik ekspertlardan biri shunday dedi: “Agar “omicron” shunchalik yengil virus bo‘lsa, keling, hammamiz kasal bo‘laylik va bu biz uchun vaksina bo‘ladi.” Mening nuqtai nazarimga ko‘ra, ideal taklif”, degan Lukashenko. 

Yana COVID-19 bilan kasallangan Lukashenkoning o‘zi kasallik mashg‘ulotlarda Belarus xokkeychilaridan yuqishi mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir u o‘zini yaxshi his qilmoqda, “lekin ovozi biroz hirqiroq”. 

Lukashenko bu safar kasallikni o‘tgan galgiga qaraganda ancha oson boshdan kechirganini va bir qator tadbirlarda qatnashishdan o‘zini tiya olmaganini ta’kidlagan. 

Avvalroq, Aleksandr Lukashenko “omicron” shtammini yuqtirib olgani haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot uchun, Lukashenko 2020 yil iyul oyi oxirida COVID-19 bilan kasallangan edi. Biroz o‘tgandan so‘ng, u tezda oyoqqa turib olgan. 2021 yilning kuzida u koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishga rozi bo‘ldi, ammo 2023 yilda fuqarolik muomalasiga kiritilishi rejalashtirilgan Belarus vaksinasini kutishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko pandemiya

Baholaganlar

500

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing