Lukashenko intervyuga kutilmagan holatda keldi (video)

Olam

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko intervyuga oyoqyalang keldi. Holat aks etgan videoni “Belarus 1” telekanali e’lon qildi.

“Farroshlarni hurmat qilaman, oyoqyalang yuraman”, deya o‘zining tashqi holatini izohlagan Lukashenko liftdan chiqar-chiqmas.

Bu kadrlar Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan keyin  olingan. Jurnalist Aleksey Krivosheyev butun suhbat davomida Belarus rahbaridek poyafzalsiz o‘tirganini ma’lum qildi.

Avvalroq, Lukashenko Rossiya bilan munosabatlari haqida gapirib, RF qo‘shnisini yo‘qotishdan qo‘rqishini aytgandi. Shu bilan birga Belarus ham rasmiy Moskvadan qochish niyatida emasligini, ammo biroz hurmat istashini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

520

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing