Lukashenko hokimiyatda “biroz ko‘proq qolganini” tan oldi
Olam
−
08 may 4678 2 daqiqa
Belarus hukmdori Aleksandr Lukashenko respublikada hokimiyatga “yangi avlod” kelayotgani va u hokimiyatda “biroz ushlanib qolganini” aytdi. Bu haqda u Minskdagi Xalqaro ko‘rgazma markazida so‘z ochdi.
Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari ushbu ushlanib qolishni tajribali siyosatchilarni tayyorlash muhimligi bilan izohlagan.
“Men sizga va’da berganimdek, amalda yangi avlod hokimiyatga olib kelindi. Xo‘sh, men biroz ushlanib qoldim, lekin sabr qiling, tajribali odamlar ham bo‘lishi kerak. Bizda ular bor. Yoshlar keldi. Mana, yoshlarimiz nimalarga qodir ekanini ko‘rasiz va xulosa qilasiz. Xo‘sh, yoshlar qalay?” degan Lukashenko.
Lukashenko, shuningdek, “yoshlar nimalarga qodir?” degan savolga javob topish kerakligini ta’kidlagan. U, qolaversa, fuqarolarni ish joylarida o‘z vazifalarini professional darajada bajarishga chaqirgan.
“Sizdan boshqa hech narsa talab qilmayman. Qolgan hamma narsani biz hal qilamiz – har kim o‘z joyida. Men rahbar sifatida o‘z muammolarim bilan shug‘ullanaman. Hukumat – iqtisodiyot, ma’muriyat, diplomatiya va boshqalar. Hammasi joyida, bu mashina buzilishlarsiz ishlashi kerak”, degan Lukashenko.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Lukashenko 1994 yildan buyon hokimiyat tepasida. 2025 yil yanvar oyida u yettinchi muddatga saylandi.
2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng Belarusda bir necha oy davomida prezident iste’fosini talab qilib ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Belarus huquqni himoya qilish tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, 35 ming namoyishchi hibsga olingan. Lukashenkoning fikricha, agar u ketsa, mamlakatdagi vaziyat “Ukrainadagidan ham yomonroq bo‘lardi”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko Mustaqillik saroyidagi inauguratsiya marosimida dunyoning yarmi Belarusdagi diktaturani orzu qilishi haqida gapirgan edi. Lukashenkoning ta’kidlashicha, mamlakatda so‘z erkinligi bilan hammasi joyida.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr