“Lokomotiv” va Maxaradze ishi: O‘FA aybdorlarni topmoqchi
Sport
−
05 Sentabr 2022
4047Toshkentning “Lokomotiv” klubi va jamoaning gruziyalik futbolchisi Kaxi Maxaradze kelishilgan o‘yinlarda qatnashganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu vaziyat yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) surishtiruv ishlarini boshlagan. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bayonotda aytilishicha, vaziyatni to‘liq ochiqlash va barcha aydborlarni aniqlash yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan ham muzokaralar olib borilyapti.
“Joriy yilning 4 sentyabr kuni internet tarmoqlarida totalizator va kelishilgan o‘yinlarga oid bir qancha ma’lumotlar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining maxsus inspeksiya bo‘limi mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan va ayni paytda o‘rganish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, vaziyatni to‘liq ochiqlash va barcha aydborlarni aniqlash yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan ham muzokaralar olib borilyapti. Surishtiruv jarayoniga oid ma’lumotlar o‘rganilib, yakuniy xulosalar chiqarilgach ommaga taqdim etiladi”, deyilgan O‘FA bayonotida.
Avvalroq, “Lokomotiv” va Maxaradze kelishilgan o‘yinlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.