Yaxshiboyev O‘zbekistonga qaytdi
Sport
−
21 fevral 1514 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Jasur Yaxshiboyev Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jasur Yaxshiboyevning “temiryo‘lchilar” bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Yaxshiboyev faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, OKMK, Qozog‘istonning “Ordabasi”, Belarusning “Shaxtyor” va “Energetik-BGU”, Moldovaning “Sherif”, Polshaning “Legiya” hamda Eronning “Nassaji” klublarida top tepgan.
Jasur Yaxshiboyev 2021 yilgi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Shaxtyor” safida Madridning “Real” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgani bilan o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superligasi yangi mavsumi joriy yilning 27 fevral kuni boshlanadi. “Lokomotiv” dastlabki turda o‘z maydonida “Surxon” jamoasini qabul qiladi.
Live
Barchasi