Livanda motam va favqulodda holat e’lon qilindi
Olam
−
05 avgust 2020
9543Livan poytaxti Bayrutdagi portlash qurbonlari soni 100 nafardan oshdi. Jarohatlanganlar ro‘yxatidan o‘rin olganlar esa 4 ming kishidan ziyodni tashkil etmoqda. Bu haqda “Skynewsarabia” xabar bermoqda.
Bugun tongdagi xabarlarga ko‘ra, vafot etganlar soni 78 tani tashkil etayotgan edi.
Ayni vaqtda butun mamlakat bo‘ylab motam e’lon qilindi.
Oliy Mudofaa Kengashi poytaxt Bayrutni "ofat zonasi" deb e’lon qildi. Oliy Mudofaa Kengashi poytaxtda 2 haftalik favqulodda holat e’lon qilish haqida qaror qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda port hududida vayronkor portlash yuz berdi. Uning ko‘lam shu qadar ulkan ediki, guvohlar portlashni atom bombasiga qiyosladi. Seysmologlar esa portlash 4,5 ball zilzila bilan teng kuchda bo‘lganini aytdi.
Livan Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, portda ammiakli selitra portlagan.
“Al Mayadeen” telekanali kuch ishlatish tizimidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, "to‘qqiz yil avval kemalardan biridan musodara qilingan hamda qayta ishlash yoki yo‘q qilish uchun portdagi omborda saqlangan portlovchi moddalar portlagan.
Portlash bilan bog‘liq yana bir taxmin portda pirotexnika vositalari portlagan. Ammo fojianing ko‘lami va vayronkorligini hisobga olganda birgina pirotexnika bunday falokatga sabab bo‘lishi imkonsizdek ko‘rinyapti.
LiveBarchasi