Dunyoni “titratgan” Bayrut fojiasi (fotoreportaj)

Bu qiziq

4a3589ba9f224f8abc69d6475abaa2a3_8

Bugun, 4 avgust Livan tarixida “qora dog‘” bo‘lib qoladigan bo‘ldi. Mamlakat poytaxti Bayrutda misli ko‘rilmagan darajada vayronkor portlash yuz berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 30 kishi halok bo‘lgan. Portlashda Livandagi yirik partiyalardan biri “Al-Kataib” bosh kotibi ham qurbon bo‘lgan. Partiya qarorgohi portlash yuz bergan port qarshisida joylashgan.

Mudhish voqea sabab ertaga, 5 avgust Livanda motam kuni deb e’lon qilindi. Ayni vaqtda poytaxtdagi shifoxonalar bemorlarga to‘lib ketgan. SSV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jami 2,5 ming kishi jarohatlangan. Ularning asosiy qismi portlash natijasida atrofga sochilib ketgan mayda parchalardan jarohatlangan.

Livan Prezidenti Mishel Aun portlashdan keyin zudlik bilan mamlakat milliy mudofaa kengashini chaqirgan.

Isroil Qurolli kuchlari Bayrutdagi portlashga aloqasi yo‘qligini haqida bayonot berdi.

Livan Ichki ishlar vazirligi portlash sababini surishtiruvlardan keyin aytish mumkinligini bildirdi.

Avval xabar berganimizdek, portlash natijasida Armaniston, Rossiya va Qozog‘iston elchixonalari ham talafot ko‘rdi. Ayniqsa, Qozog‘iston diplomatik vakolatxonasi ostin-ustun bo‘ldi. Binoda bo‘lgan konsul jarohatlangan. Rossiya elchixonasining xodimi ham yengil jarohat olgan.

Livan portlashdan keyingi vaziyatni bir o‘zi nazoratga ololmasligini aytib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Qatardan yordam so‘radi. Kutilmaganda esa Isroil Livanga o‘z yordamini taklif qildi. AQSH Prezidenti Donald Tramp ham arab davlatiga portlash oqibatlarini bartaraf qilishda ko‘maklashishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Bayrut

Baholaganlar

653

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing