Portlash va noroziliklar ortidan Livan hukumati iste’foga chiqdi
Olam
−
10 avgust 2020
12155Livan hukumati Bayrutda yuz bergan vayronkor portlash ortidan boshlangan noroziliklar sabab iste’foga chiqdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Hamad Hasan ma’lum qildi.
“Livan Bosh vaziri Hasan Diab yaqin vaqt ichida bizning hukumat to‘liq tarkibda iste’foga chiqqanini e’lon qiladi”, dedi SSV rahbari, iste’fo uchun ariza topshirilganini ta’kidlab.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat poytaxti Bayrutda yuz bergan portlash oqibatlarini surishtirish davomida Hukumat qabul qilgan qarorlar sababli aholi namoyishlar uyushtirib, vazirliklarni egallab ola boshlagandi.
Bayrutda boshlangan tartibsizliklar natijasida 200 yaqin odam jarohatlandi. Olomon Hukumat va parlament binosini himoya qilayotgan kuchishlatar tuzilma xodimlarini toshbo‘ron qildi.
Ma’lumot uchun, Bayrutda 4 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 larda bandargoh hududida dahshatli portlash yuz berdi. Portlash natijasida hozirgacha 130 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
Portlash kuchi ta’sirida shaharning yarimi zarar ko‘rdi. Fojia epimarkaziga yaqin hududlarda binolar vayronaga aylandi va 300 mingdan ko‘p odam boshpanasiz qoldi.
Portlashga 2014 yilda rossiyalik tadbirkor Igor Grechushkinga tegishli “Rhosus” kemasidan musodara qilingan 2 750 tonna ammiak selitrasi tufayli yuz bergan aniqlandi.
LiveBarchasi