Bayrutdagi portlash yetkazgan zarar 15 mlrd dollardan ortiq – Prezident

Olam

image

Joriy yilning 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda yuz bergan portlash yetkazgan zarar 15 mlrd dollarga baholandi. Livan Prezidenti Mishel Aun Ispaniya qiroli Filipp VI bilan telefon muloqoti vaqtida shunday ma’lumotni keltirdi.

“Prezident Aunning ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Livan yetkazilgan zarar 15 mlrd dollardan oshadi”, deyilgan xabarda.

Ispaniya qiroli Livan xalqaiga hamdardlik va birdamligini bildirib, kerakli yordamni ko‘rsatishga tayyorligini aytgan.

Sug‘urta kompaniyalari Bayrut bandargohidagi portlash zararini taxminan 3 mlrd dollarga baholagan. Bayrut gubernatori Maron Abbud shaharni ta’mirlashga 12-15 mlrd dollar kerakligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgut kuni soat 18:30 larda Bayrut portida dahshatli portlash yuz berdi. Natijada hozirgacha halok bo‘lganlar 173 nafarga yetdi. Shaharning katta qismi portlashdan zarar ko‘rdi. 300 mingdan ortiq odam uysiz qoldi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Livan hukumati Bayrutdagi portlash yetkazgan zararni 3 mlrdan oshiq deb baholagandi. Portlashga 2014 yilda rossiyalik tadbirkor Igor Grechushkinga tegishli “Rhosus” kemasidan musodara qilingan 2 750 tonna ammiak selitrasi tufayli yuz bergan aniqlandi.

Bayrutda portlashdan keyin boshlangan norozilik namoyishi ortidan hukumat iste’foga chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bayrut fojiasi

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing