Bayrut fojiasi: Surishtiruv bo‘yicha yangi ma’lumotlar berildi
Olam
−
05 avgust 2020
16888Livan hukumati Bayrutdagi portlash sabablarining surishtiruvlarida xalqaro ekspertlarning ishtiroki muhim deb hisoblamayapti. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Muhammad Fahmi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Lebanon 24” telekanali.
“Biz Bayrutdagi portlashni surishtirishda xalqaro ekspertlar ishtirokiga ehtiyoj sezmayapmiz. Tergovchilarimiz kerakli layoqatga ega”, degan vazir.
Bundan tashqari, vazir poytaxtdagi bandargohda nimalar bo‘layotgani, xususan, u yerda xavfli modda saqlanayotganidan xabari bo‘lmaganini ma’lum qildi.
“Yuz berayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlar mengacha yetib kelmagan, men bu ish haqida bilmagandim. Chunki har qanday ishga ham ko‘z yummayman”, degan vazir.
Shu bilan birga Bayrut porti direktori va Bojxona xizmati rahbari Badri Daxer bojxona va Jamoat xavfsizligi bosh boshqarmasi bandargohdagi xavfli moddalarni olib ketish bo‘yicha bir necha marta so‘rov yuborgani aytgan.
Hozirda bandargoh ma’muriyati to‘lig‘icha uy qamog‘iga olingan. Ular haqiqiy aybdor aniqlanmaguncha uy qamog‘ida qoladi. Rasmiylar barcha surishtiruv ishlarini 5 kunda yakunlashni va’da qilyapti.
Interpol Livan rasmiylaridan tegishli so‘rov bo‘lsa, tashkilot tergov ishlariga aralashishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bayrutda yuz bergan portlash oqibatdi shaharning yarmi talafot ko‘rdi. 113 nafar odam halok bo‘ldi va 4 mingdan ortig‘i jarohatlandi. Portlash keltirgan zarar 3 mlrd dollardan ko‘proqqa baholanyapti. Bandargohda yirik miqdorda ammoniy nitrat portlagan. Bu kimyoviy modda 2014 yilda Rhosus kemasidan musodara qilingan.
LiveBarchasi