Bayrutdagi portlashga aloqador rossiyalik qo‘lga olindi
Olam
−
07 avgust 2020
26774Livan poytaxti Bayrutdagi dahshatli portlashga aloqadorlikda gumon qilingan rossiyalik Igor Grechushkin qo‘lga olindi. Bu haqda “Al Jazeera” muxbiri Timur Ajari Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Grechushkin Livan hukumati va Interpol so‘roviga ko‘ra, Kipr politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi.
Kipr huquqni muhofaza qilish idoralari rossiyalikni qidirishni boshlagani 5 avgust kuni ma’lum bo‘lgandi. Bayrut bandargohida vayronkor portlashga sabab bo‘lgan ammiakli selitra rossiyalik Igor Grechushkinga tegishli bo‘lgan “Rhosus” kemasidan musodara qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Bayrutda 4 avgust kuni soat 18:00 larda portlash yuz berdi. Portlash shaharning yarmiga zarar yetkazdi. 4 mingdan ortiq odam jarohatlandi va 300 mingan ziyodrog‘i uysiz qoldi. 100 dan ortiy jasad topildi.
Livan kuchishlatar tuzilmalari portlash payvandlash ishlari olib borilayotganda sodir bo‘lganini aytdi.
LiveBarchasi