Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgan turfirmalar jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida “Umra” tadbirini litsenziyasiz tashkil etgan firmalarga moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Qayd etilishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Angren shahrida joylashgan “Nazir travel N1” MCHJ va “Bonu travel 000” MCHJ litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani aniqlangan.  MCHJlarga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. so‘m) etib belgilangan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyoratchilarni “Umra” amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh bo‘lishlari va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda litsenziyasiz “Umra” safarini tashkil etgan turfirma jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Umra Litsenziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing