“Layk” uchun otasini urmoqchi bo‘lgan bloger qamaldi
3-sahifa
−
05 noyabr
11157Avvalroq, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bir yigitning 100 mingta "layk" uchun otasini urishini aytgani aks etgan video tarqalib, holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandi. Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro U.S. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
“Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ayrim blogerlar va yoshlar! Mamlakatimizda ijod erkinligi cheklanmagan, ammo bu qonunbuzarlik evaziga emas. Unutmang, internet tarmoqlari orqali ham, sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat uchun javobgarlik va jazo muqarrar!” deydi To‘laganov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq qiz farzandli bo‘lsa, uni axlatga tashlashini aytgan tiktoker Sardor Safarboyevgaga jinoyat ishi ochilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr