Lavrov O‘zbekistonga keladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 28-29 iyul kunlari Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, vazir Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi. 

“28-29 iyul kunlari Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi”, deya diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, yig‘ilish ishtirokchilari davlat rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ham sentyabr oyida Samarqandga keladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Lavrov

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing