Putin O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Putin 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida, 14 oktyabrda esa Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH (Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi) davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

“Kuz faslida ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan. Mana, Sharqiy iqtisodiy forumimizdan tashqari, sentyabr oyida Samarqandda SHHT sammiti bo‘lib o‘tadi. Keyin esa 14 oktyabrda Nur-Sultonda MDH Davlat rahbarlari kengashi o‘tkaziladi”, degan Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur sammit Eron 2021 yil sentyabrida tashkilotga to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilganidan beri birinchisidir. 

Unda SHHTga a’zo davlatlar, xususan, O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston va Eron. Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Belarus tashkilotda kuzatuvchi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha hamkor sifatida ishtirok etadi.

Sammitda tashkilotga a’zo ko‘plab davlatlar bilan umumiy chegaraga ega Afg‘onistondagi vaziyat har tomonlama muhokama qilinadi va muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Samarqand ShHT Putin

Baholaganlar

1607

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing