4 kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi
3-sahifa
−
12:08 303 1 daqiqa
Samarqandda tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi xodimi tört kişini Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Samarqand tumanida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi xodimi Samarqand şahrida yaşovçi fuqaroning işonçiga kirib, uning tört nafar qarindoşini Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan. U buning evaziga 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Aniqlanişiça, mazkur mas’uliyati çeklangan jamiyat Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça tegişli litsenziyaga ega bölmagan. Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahrida fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 3 ming AQŞ dollari talab qilgan turistik firma rahbari uşlangan edi.
Live
Barchasi