Samarqandda Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi eskpertlar muloqoti öz işini boşladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 6 noyabr kuni Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi eskpertlar muloqoti öz işini boşladi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş” mavzuidagi tadbir Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik Bahodir Qurbonov raisligida ötkazilmoqda.

Uçraşuv avvalida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning xalqaro muloqot qatnaşçilariga murojaatini Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov öqib eşittirgan.

Mazkur formatni yölga qöyiş taşabbusi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga tegişli bölib, ilk bor 2024 yilda ŞHTning Ostona şahridagi sammitida yangragan.
 
2025 yilda Tyanszinda bölib ötgan Taşkilotga a’zo davlatlar rahbarlari kengaşi yiğilişida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotini Samarqandda ötkaziş taklif qilingan edi.

Uçraşuvda ŞHTga a’zo davlatlar, kuzatuvçilar, muloqot böyiça hamkorlar maxsus xizmatlarining rahbarlari hamda vakillari, xalqaro taşkilotlar vakillari, şuningdek, taklif etilgan mehmonlar qatnaşmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing