Lavrov Ukrainadagi urush yakunlanishi mumkin bo‘lgan muddatga izoh berdi

Olam

image

Moskva Ukrainadagi harbiy maxsus operatsiyaning tugash vaqtini sun’iy ravishda 9 mayga moslashtirmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Italiyaning “Mediaset” telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Harbiylarimiz o‘z harakatlarini sun’iy ravishda hech qanday sanaga, jumladan G‘alaba kuniga moslashtirmaydi. Biz har doimgidek 9 mayni tantanali ravishda nishonlaymiz”, deydi vazir bu boradagi savolga javob berar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada harbiy maxsus operatsiyani amalga oshirish sur’ati birinchi navbatda tinch aholi va rossiyalik harbiy xizmatchilar uchun har qanday xavfni minimallashtirish zarurligiga bog‘liq. Lavrov operatsiya vazifalari tinch aholini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, Ukraina hududida ular va Rossiya Federatsiyasi uchun G‘arb tomonidan hujumkor qurollar va natsizm bilan bog‘liq har qanday tahdidlarning yo‘qligini eslatib o‘tdi. kamaytirishga faol harakat qilmoqda”.

“Men NBC telekanalidagi reportajlarni tomosha qildim, Amerikaning “National Interest” jurnalini o‘qidim. U yerda 1935-1938 yillardagidek natsistlar bilan noz-karashma qilishdan ogohlantiruvchi jiddiy maqolalar chiqa boshladi”, deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Avvalroq, Sergey Lavrov “Al Arabiya” telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi barcha belgilangan maqsadlarga erishilgandan keyin yakunlanishini aytgan edi.

Qayd etish kerakki, so‘nggi vaqtlarda G‘arb matbuoti Rossiya 9 mayda Ukrainadagi urushda qandaydir yutuqlarlarga erishganini aytib, maqsadlar bajarilganini e’lon qilishi haqida bot-bot yozmoqda.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing