Lavrov AQSH va uning ittifoqchilarini “diktatorlar” deb atadi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH va uning ittifoqchilarining boshqa davlatlarni Rossiyaga qarshi kampaniyaga qo‘shilishga majburlashi ular e’lon qilgan demokratiya tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi, ular diktatorlar. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Al Arabiya” telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirgan.  

“Bu mustamlakachilik munosabatlarining mohiyatini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Va bu odamlar bizga “demokratlar” va “avtokratlar” o‘rtasida jang ketayotganini aytmoqda! Qanday demokratiya haqida gapirishyapti? Ularning o‘zlari xalqaro munosabatlarda demokratiyaga “tupurishdi”. Ular avtokratlar emas, ular diktatorlar”, degan Lavrov. 

Vazir, shuningdek, norozi mamlakatlarga ochiqdan-ochiq tahdid qilinayotganini, zamonaviy dunyoda buni qabul qilib bo‘lmasligini tushuntirgan. 

“Ular o‘z siyosatiga qo‘shilmaydigan odamlarni, mamlakatlarni jazolash bilan tahdid qilmoqda. Bu uyat. Agar ular bunday usullar bilan harakat qilishga qaror qilsa, bu G‘arb sivilizatsiyasi uchun uyat”, deya xulosa qilgan Lavrov. 

Avvalroq, Lavrov Ukraina bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini ochiqlagani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Lavrov

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing